Ronaldu APLning ilk turidan oldin "Manchester Yunayted" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda

Alisher
4 avg 2022, 15:30
"Manchester Yunayted" "Brayton"ga qarshi APL ilk turi oldidan mashg'ulotlar o'tkazmoqda.

Unda forvard Krishtianu Ronaldu ham ishtirok etmoqda. Oldinroq, 37 yoshli portugaliyalikning yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkinligi aytilgan edi.

2 avgust kuni "Rayo Valekano"ga qarshi o'rtoqlik o'yinining ikkinchi taymida final hushtagini kutmasdan Ronaldu va boshqa o'yinchilar "Old Trafford"ni tark etishgan edi.

MYU - "Brayton" o'yini 7 avgust kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia