Ronaldu 4 ta o'yindan beri gol ura olmayapti

Aziz Tukhtamuradov
5 fev 2022, 07:15
"Manchester Yunayted" Angliya kubogining 4-bosqichida penaltilar seriyasida "Midlsbro"ga yutqazib qo'ydi.

MYU hujumchisi ushbu o'yinda gol ura olmadi va o'zining golsiz o'yinlar seriyasini 4 taga etkazdi. 

Bugun 37 yoshga to'lgan Ronaldu 2022 yilda hali gol urmadi. So'nggi marotaba u 30 dekabr kuni "Byornli"ga qarshi kechgan o'yinda raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. 

Kecha u "Midlsbro"ga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshira olmadi. 

Penaltilar seriyasida esa u aniq harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports