

Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi va qatorasiga uchinchi o'yinda ikkita gol urmoqda. Ronaldu avvalgi ikkita o'ynida Lyuksemburg va Lixtenshteyn terma jamoalariga qarshi uchrashuvda ham dubl qayd etgandi.
Bunday seriya Ronalduda so'nggi bor 2018 yilda “Real Madrid”da o'ynab yurgan paytlarida sodir bo'lgandi. O'shanda u “Eybar”, “Jirona” va Misrga qarshi o'yinda dubl qayd etishga erishgan.


