Ronaldu - 1966 yildan keyin mundialda penaltidan gol ura olmagan ilk portugaliyalik

Mirjalol Normatov
26 iyun 2018, 13:39
Kecha Portugaliya termasi JCH doirasida Eron bilan bahs olib bordi.

Hujumchisi Krishtianu Ronaldu 1966 yildan keyin JCHda penaltidan gol ura olmagan ilk portugaliyalik futbolchiga aylandi. Ikkinchi bo'limning boshida u Eron termasi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasini tepdi. Biroq uning zarbasini darvozabon Alirizo Beyranvand ushlab oldi.

Shunday bo'lsa-da, Portugaliya keyingi bosqichga chiqdi. Ular 1/8 finalda Urugvay termasiga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia