Ronaldu 18,5 mln. dollar evaziga Manxettandan uy sotib oldi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2015, 09:45
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Nyu-Yorkda hashamatli ko'chmas-mulk sotib oldi.

Portugaliyalik Beshinchi avenyudagi Tramp minorasining yuqori qavatidan 223 metr kvadratli turar joy sotib oldi. Bu uy narxi 18,5 mln. dollar.

Ushbu xarid Ronalduning kelajakda MLSda o'ynashi borasidagi rejalariga bog'liq bo'lishi mumkin. 30 yoshli portugaliyalikning "Real" bilan shartnomasi 2018 yilgacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com