Ronaldu 100 millionlik maoshni rad etgani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018
Yaqin vaqtlar ichida "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, Xitoy jamoasi unga yiliga 100 mln evrolik maosh taklif qilgan. Biroq portugaliyalik Xitoyga ko'chib o'tishni istamagan va bunga rad javobini bergan.

Ronaldu faoliyatini Italiyada davom ettirishi kutilmoqda. U yaqin vaqtlar ichida "Yuventus" a'zosi bo'lishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca