Ronaldo "Oltin to'p"ni Messi yutishi kerak deb hisoblaydi
Aziz Tukhtamuradov
27 okt 2023, 08:42
Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldoning fikricha, Lionel Messi "Oltin to'p"ni yutishi kerak.
"Oltin to'p" Messiga berilishi kerak, shubhasiz. Boshqa yo'l yo'q. Uning JCH-2022da qilgan ishlari umuman boshqacha bo'lgan. Bu menga Diego Maradona va Pelening jahon chempionatlaridagi ishtiroklarini eslatdi", - dedi Ronaldo.