Ronaldo: “Messi buyuk futbolchi bo'lishi uchun Jahon chempioni bo'lishi shart emas”

Tolibjon Qosimov
10 iyun 2014, 19:26
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Messi tarixdagi buyuk futbolchilar safidan o'rin olishi uchun terma jamoa bilan Jahon chempionligini qo'lga kiritishi shart emas, deb hisoblaydi.
“Tarixda Jahon chempionligini yuta olmagan buyuk futbolchilar ko'p. Agar futbolchi Jahon chempioni bo'lsa, bu unga o'zgacha mashhurlik taqdim etadi, ammo mundial chempionligisiz ham tarixda eng yaxshilardan biri bo'lishi mumkin.
Messi rostdan ham oliy darajadagi futbolchi. 4 ta “Oltin to'p”ga ega chiqish bu katta yutuq. Men Ronaldinyo bilan Lionel haqida ko'p gaplashardim, Ronaldinyo esa kichik bolakayni rosa maqtardi”, - deydi Ronaldo “Goal.com” portaliga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com