

18 yoshli futbolchi shu yozda "Palmeyras"dan kelib qo'shilgandi.

"Endrik – yuqori saviyali futbolchi. U golni his qilish qobiliyatiga ega, to'pni raqiblardan yaxshi yopadi va yakkama-yakka o'yinda kuchli. O'ylashimcha, u nafaqat hujumchi uchun zarur bo'lgan fazilatlarga, balki "10-raqamli" bo'lib o'ynash mahoratiga ham ega", – dedi Ronaldo.
Endrikning taqdimoti 27 iyul kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi, shundan so'ng futbolchi "Real" bilan AQSH bo'ylab turnega yo'l oladi.
18 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan bitimi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt braziliyalik futbolchini 55 mln evroga baholamoqda.



