Ronald Kuman: Barkli Evertonda qolishi uchun barcha ishni qilamiz

Narzulla Saydullayev
10 mar 2017, 12:45
Everton ustozi Ronald Kuman Ross Barkli bilan kelishuvni uzaytirishini xohlamoqda.

Ha, muzokaralar rejalashtirilmoqda. Tomonlar hozircha muzokarani boshlashmadi.

Barkli – keyingi yil shartnomasi tugaydigan futbolchilardan biri. Ross klubda qolishi uchun barcha ishni qilamiz, – deydi Kuman.

23 yoshli ingliz bu mavsumda 25ta o'yinda 4ta gol urdi va 6ta golli pas berdi. Barklining Everton bilan shartnomasi 2018 yil iyul oyida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Skysports.com