Ronald Arauxo: "O'zimni tajribaliroq his qilyapman. Mavsumga tayyor bo'lish uchun ko'p ishlayapman"

Alisher
30 iyul 2021, 13:25
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo kelajagi haqida gapirdi.

"Men o'zimni ajoyib va juda xotirjam his qilyapman. Barchamiz navbatdagi mavsum oldidan birga ishlashimizdan mamnunmiz.

O'zimning birinchi mavsumimda ko'p narsalarni bilib oldim, endi o'zimni tajribaliroq va kattaroq bo'lgandek his qilyapman. O'tgan mavsumdagi jarohatimni hisobga olsak, hozirda yangi mavsumga tayyor bo'lish uchun alohida ko'p ishlayapman.

Xudo xohlasa, jarohatlardan qochgan holda, ajoyib mavsumni o'tkazaman", - deydi Arauxo.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo