Romanoli "Torino"ga qarshi o'yinda burnini sindirib oldi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 15:58
"Lacio" jamoa himoyachisi Alessio Romanolining burni singanini e'lon qildi.

U A Seriyaning 6-turidan o'rin olgan "Torino"ga qarshi o'yinda (2:0) to'qnashuv natijasida jarohat oldi. 28 yoshli futbolchi to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, rentgenogrammada burun suyaklari singanligi aniqlangan. Romanoli har kuni shifokor nazorati ostida bo'ladi va shu dam olish kunlari himoya niqobi ostida o'ynashi mumkin.

A Seriyaning 7-turi doirasidagi "Lacio" – "Milan" uchrashuvi 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sslazio.it