“Roma”ni katta o'zgarishlar kutmoqda, Totti rahbariyatga kelishi mumkin

Eldor Akmurzayev
3 apr 2019, 01:00
Corriere dello Sportʼning tarqatgan ma'lumotlariga ko'ra yaqin orada “Roma”da katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Manbada, “bo'rilar” afsonasi Franchesko Totti klubning texnik direktori lavozimini egallashi ko'rsatilgan.

Butsalarini mixga ilganidan so'ng Totti sport direktori lavozimda ishlagan Monchining yordamchisi sifatida faoliyat olib borgandi. Agar u klub rahbariyatidan o'rin olsa, u holda rimliklarning bosh murabbiyi etib Daniele De Rossini tayinlashi aytilmoqda.

O'z navbatida, 35 yoshli De Rossi joriy mavsum futboldan ketishi haqida e'lon qilib, murabbiylik licenziyasini olish uchun o'qishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport