"Roma" Jervino uchun 7 million funt taklif etmoqda
Rimning “Roma” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya, o'ziga “Lil” orqali yaxshi tanish bo'lgan – “Arsenal” hujumchisi Jervinoni jamoasida ko'rmoqchi, deya xabar beradi Daily Mail.
Ivuarlik bu futbolchi uchun “Bo'rilar” 7 million funt atrofida mablag' taklif qilishmoqda. Eslatib o'tamiz, avvalroq “Kanonirlar” va rimliklar futbolchi almashishlari mumkinligi aytilgandi.