"Roma" qishda Sebalos yoki Zakariya bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda

Alisher
29 okt 2021, 13:33
"Roma" ushbu qishda mudofaa va markaziy yarim himoyani kuchaytirish uchun taxminan uch o'yinchini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu Dani Sebalos ("Real"), Denis Zakariya ("Borussiya", Myonxengladbax) va "Feyenoord" himoyachisi Markus Pedersenga qiziqmoqda.

Zakariyaning transferi "Roma"ga 10 mln evrodan kamiga amalga oshishi mumkin, sabab uni bitimi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport