“Roma” o'smirlar o'rtasida bo'lib o'tgan jahon chempionatining eng yaxshi to'purariga qiziqib qoldi

9 yanv 2014, 10:42
Shvetsiya o'smirlar terma jamoasi yarim himoyachisi Valmir Berisha, “Roma”ga o'tishi mumkin.

Rimliklar “Xalmstad” klubi o'yinchisini qishki transferlar oynasi mobaynida sotib olishmoqchi, deb xabar beradi Sky Italia muxbiri Janluki Di Marcio. Berishaning amaldagi klubi bilan tuzgan shartnomasi keyingi yozda tugaydi, shu sababli uning boshqa klubga o'tishi 330 ming evro tashkil etishi mumkin.

Bundan tashqari Berishaga “Sanderlend” ham qiziqmoqda.


Manba: sports.ru