"Roma" Jekoga yangi shartnoma taklif qilmoqda

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 17:55
"Roma" rahbariyati hujumchi Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirishga tayyor.

Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. qayd etilishicha, tomonlar shartnomani bir yilga uzaytirishadi va unda futbolchining yillik maoshi 6 mln evroni tashkil qiladi. Amaldagi kelishuv 2022 yil yoziga qadar davom etadi. Oldinroq "Roma" YCHLga chiqa olmasa, Jeko jamoadan ketishi aytilgandi.

34 yoshli bosniyalik futbolchi "Roma" tarkibida 212 o'yinda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal