Roma Iturbe uchun da'vogarlik qilmoqda

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2014, 21:58
Ijara asosida "Verona"da to'p surayotgan "Portu" yarim himoyachisi Xuan Iturbe "Roma"ga o'tishi extimoli yuqori.

Rimliklar futbolchini jamoaga moslasha olmayotgan Adem Lyachichning o'rniga olmoqchilar.

Xabar qilinishicha, "Verona" futbolchini 15 millionga sotib olish huquqiga ega. So'ngra esa futbolchini 25 millionga pullamoqchilar.

Futbolchiga shuningdek, "Real" xam da'vogarlik qilmoqda. Lekin, "Roma" Iturbe transferi masalasida asosiy da'vogarlardan biri bo'lib turibdi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru