"Roma" futbolchisi Ronalduni eng zo'ri deb atadi

Mirjalol Normatov
22 noya 2018
"Roma" hujumchisi Jastin Klyuyvert futboldagi kumiri haqida gapirdi.

"Albatta, men uchun futbol timsoli - mening otam. Shuningdek, Krishtianu Ronalduning o'yinlari meni hayratga soladi. U futbol bilan yashaydi va barchaga o'rnak bo'ladi.

Otam menga italyan futboli qiyinligini va bu meni kuchliroq qilishini aytgandi. U bu yerdagi raqobat kattaligini va maydondan tashqarida ham ko'p narsalarni o'rganimish kerakligini tushuntirgandi", - dedi kichik Klyuyvert.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia