"Roma" forvardi: "Endi "Real" o'tgan yilgidek kuchli bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
4 sen 2018, 16:51
"Roma" hujumchisi Patrik Shik Chempionlar ligasi guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalari haqida fikr bildirdi.

Rimliklar guruh bosqichida "Real", CSKa va "Viktoriya Plzen" bilan o'ynaydi.

"Bu bahslarda ishtirok etishni sabrsizlik bilan kutyapman. Qur'adan so'ng "Viktoriya Plzen"dagi Yan Kopik bilan bog'landim. "Roma" o'tgan mavsum u yerda o'ynagan. Qiziq bahs bo'ladi.

Bu darajada qaysi yirik jamoaga qarshi o'ynashing ahamiyatga ega emas. Ammo endi "Real" o'tgan mavsumdagidek kuchli bo'lmaydi.

Ronaldu ketdi va "Real"da uning o'rnini qanday to'ldirishlari men uchun qiziq. Biz birinchi o'ringa intilamiz, bu bizning maqsad. "Real"ni mag'lub etishimizga ishonamiz" - deydi forvard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football-Italia