“Roma” Edin Jekoga o'rinbosar topdi

13 apr 2019, 09:45
Rimliklar yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Jekoga Argentinadan o'rinbosar topdi.

Unga ko'ra, “Roma” “Boka Xuniors” hujumchisi Dario Benedettoni yozda jamoaga olib kelmoqchi. Klub 28 yoshli hujumchiga Edin Jekoning o'rinbosari sifatida qaramoqda. Bosniyalik futbolchi esa kelayotgan yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. U katta ehtimol bilan APLga qaytib, “Vest Xem” sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot uchun, Benedetto “Boka” safida joriy mavusm 15 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corierre dello Sport