"Roma" bilan o'yinda "Milan"dan kimlar maydonga tusholmaydi?

6 yanv 2022, 20:07
Eldor Shomurodov to'p tepayotgan "Roma" bugun Milanda mehmon bo'ladi.

A Seriya 20-turi doirasidagi uchrashuvni "rossonerilar"ning quyidagi futbolchilari o'tkazib yuboradi. Bugun Stefano Pioli 11 nafar shogirdining xizmatidan foydalana olmaydi: Simon Ker, Petro Pellegri, Alessandro Pliccari, Chiprian Teterushanu, Alessio Romanoli, Davide Kalabriya, Samu Kachtilexo, Fikayo Tomori, Frank Kesse, Ismael Bennaser, Fode Ballo-Ture.

"Milan"dagi yo'qotishlar asosan jarohat va koronavirus bilan bog'liq. Shuningdek, 3 nafar futbolchi (Kesse, Ballo-Ture va Bennaser) Afrika millatlar kubogida qatnashish uchun terma jamoalari ixtiyoriga jo'nab ketgan.

O'xshash yangiliklar