"Roma" Auarga qiziqmoqda

Alisher
16 iyun 2022
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, "Roma" Fransiya terma jamoasi o'yinchisiga qiziqmoqda.

Muzokaralar hali o'tkazilmadi, ammo Rim klubi sport direktori Tyago Pinto "Lion"dan 23 yoshli o'yinchi borasida ma'lumot so'radi.

Auar o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio