Rodrigo de Paulning yangi klubi ma'lum bo'ldi

Alisher
16 iyun 2021, 10:37
"Udineze" yarim himoyachisi Rodrigo de Paul "Atletiko" o'yinchisiga aylanadi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, futbolchi tez orada transfer oldidan tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, 27 yoshli argentinalik futbolchi 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi. Uning maoshi yiliga 3 million evro (qo'shimcha tarzda ehtimoliy bonuslar)ni tashkil etadi.

"Atletiko" bonuslarni hisobga olmaganda, o'yinchining transferi uchun 35 million evro to'laydi.

De Paul o'tgan mavsum A Seriya doirasida o'z jamoasining atigi 2ta o'yinini o'tkazib yubordi, argentinalik barcha musobaqalarda 9ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano