Rodrigo Chempionlar Ligasi finalida "Liverpul"ga gol urishini aytdi

Alisher
6 may 2022, 15:50
"Real" hujumchisi "Manchester Siti"ga qarshi o'yindagi dubli bilan cheklanib qolmoqchi emas.

"Otam bilan uchta gol urishim bo'yicha bahslashdim, ammo ikkita urdim. Menga bitta yetishmayapti, uni finalda olaman", - deydi braziliyalik.

Rodrigo "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasi javob o'yinida zaxiradan maydonga tushdi va ikki goli bilan o'yinni o'zgartirib yubordi. Bu "Real"ga o'yinni overtaymlarga olib borishga imkon berdi. Keyinroq esa Karim Benzema penaltidan gol urgan holda Madrid klubini finalga olib chiqdi.

Hal qiluvchi o'yin 28 mayda Parijda bo'lib o'tadi. "Real"ga "Liverpul" raqiblik qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal