

“Biz “Barselona”ning to'p egalik qilgan holda, yaxshi himoyalanib maydonda ustunlik qilishini xohlaymiz. Hozir shunga qarab ketyapmiz. Murabbiyimiz yangi, sekin-astalik bilan o'yinimizni yaxshilab boramiz. O'z uyimizda “Real”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng ushbu bahsda ochko olishimiz shart edi. 6 ochko jamg'ardik, bu esa juda muhim. Bugun 2 ta to'p farqi bo'ldi, xolos. Ammo u ko'proq ham bo'lishi mumkin edi. Barcha vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Shunga qaramay mamnunmiz. Asosiysi vaziyatlarni sodir etishda davom etish”, - deydi Serxi Roberto.



