Roberto Soldado APLdagi debyut uchrashuvida gol kiritdi

18 avg 2013, 19:03
"Tottenxem"ga yozda "Valensiya"dan kelib qo'shilgan hujumchi Roberto Soldado mavsumdagi birinchi uchrashuvida gol kiritishga muvoffaq bo'ldi.

"Kristal Pelas"ga qarshi kechayotgan uchrashuvning ikkinchi bo'lim, 50-daqiqasida penaltidan mezbonlar darvozasini aniq nishonga olib, Angliya Premer ligasidagi o'zining ilk golini kiritdi.

Ayni vaqtda uchrashuv davom etmoqda. Mehmonda harakat qilayotgan "Tottenxem" 0:1 hisobida g'alaba qozonyapti.

Manba: championat.asia