Roberto Martines: Beyns Evertonni qishda tark etmasligiga vada berman

Narzulla Saydullayev
29 dek 2013, 17:00
Everton ustozi Roberto Martines klub qishda Angliya terma jamoasi himoyachisi Leyton Beyns bilan xayrlashmoqchi emasligini ma'lum qildi.
Futbolda vada berish juda qiyin, lekin bu borada ishonchim komil.

Beyns mavsum oxiriga qadar Evertonda o'ynashiga vada beraman. Bu 100 foiz aniq ma'lumot.

U jamoamiz uchun juda muhim o'yinchi, – deydi Martines Sky Sports nashriga.

Eslatib o'tamiz, Beynsga Manchester Yunayted, Chelsi va Bavariya klublari qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru