Roberto Manchini Italiya terma jamoasida 2024 yilga qadar qolishi mumkin

28 fev 2021, 19:18
Italiya termasining bosh murabbiyi Roberto Manchini milliy jamoadagi faoliyatini 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin ham davom ettirishi kutilmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya Futbol Federatsiyasi 56 yoshli mutaxassis bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirish masalasini muhokama qilmoqda.  Tashkilot prezidenti Gabriel Gravina eng qisqa vaqt ichida hamkorlik shartnomasini uzaytirishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/nicoschira