Roberto Manchini: "Inter" o'yinni hech qachon gol o'tkazib yubormay yakunlay olmasa kerak"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2015, 13:45
"Inter" bosh murabbiyi Roberto Manchini Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvida "Volfsburg"dan uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng, uning jamoasi hisob 0:0 paytida o'yin taqdirini o'zgartirib yuborishi mumkinligi haqida ta'kidladi.

"Mag'lub bo'ldik, muxlislar ham norozi. Bundanda ko'p gol urish uchun imkoniyat bo'ldi, ammo raqib hisobda oldinga o'tib olgandan so'ng hammasi o'zgardi. 2ta gol urish kerakligini bilardik, ammo jamoamiz o'yinni gol o'tkazmay tugata olmaydi shekilli. Ayni damda "Volfsburg" bizdan kuchli, ammo ikki uchrashuvda raqibga juda ko'p imkoniyat sovg'a qilganimizdan afsusdaman" - deydi Manchini.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru