Roberto Manchini: “Darvozamiz tomon belgilangan penalti xato edi”

3 okt 2013, 10:38
“Galatasaroy” klubi bosh murabbiyi Roberto Manchini, Chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida “Yuventus”ga qarshi o'yinni (2:2) boshqargan hakamni qoraladi.

“Men o'yinchilarimni yaxshiroq tanib olishim kerak, chunki men hali ular bilan yaqindan tanishishga ulgurmadim.

“Yuventus”ga qarshi o'yin qiyin kechishini yaxshi tushunib turardik. Ikkinchi bo'limda jismoniy jihatdan charchab qoldik. Biz bu kamchilik ustida ishlashimiz kerak.

“Yuventus” birinchi bo'lib o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi. Biroq keyinchalik penalti bilan taqdirlandi. Agar penalti bo'lmaganida ular g'alaba qozona olishmasdi. O'sha vaziyatda penalti yo'q edi, bu yerda hakam xatoga yo'l qo'ydi”, - deya ta'kidladi Manchini.


Manba: sports.ru