Robert Levandovski: "Har doim yuqori darajada o'ynab, bosim ostida qolishga o'rganganman"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 23:33
Polshalik hujumchi Robert Levandovski bosimga qaramasdan "Bavariya"da o'zini qulay his etayotganini ta'kidlab o'tdi.

"Bavariya" klubida o'zimni baxtiyor his qilmoqdaman. Jamoa g'alaba qozonishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Barcha futbolchilar klub muvaffaqiyati yo'lida tinimsiz ishlamoqdamiz.

Har doim yuqori darajada o'ynab, bosim ostida qolishga o'rganganman. Bu klub mendan talab qiladigan asosiy jihat. Buni bartaraf eta olaman", - dedi Levandovski.

Qayd etish kerak, 30 yoshli forvard ushbu mavsumda myunxenliklar safida 7 uchrashuvda ishtirok etdi va o'z hisobiga 5 gol, 2 assist yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail