Robert Levandovski faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

Alisher Ostonov
16 noya 2025
"Milan" Robert Levandovski variantini ko'rib chiqadi.

Klubda hammasi futbolchiga bog'liq, faqat uning ijobiy qarori kerak, degan tushuncha shakllangan.

Futbolchining yoshi katta bo'lishiga qaramay, "Milan" uning imkoniyatlariga shubha qilmayapti. Klub Luka Modrich bilan bo'lgan kelishuvni takrorlamoqchi. Xorvatiyalik 40 yoshida ham A Seriyaga osonlik bilan kirishib ketdi.

Levandovski kelajagi haqida hozircha qaror qilgani yo'q. U yozda erkin agentga aylanishi mumkin, aynan o'sha paytda uning "Barselona" bilan shartnoma muddati yakunlanadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Mediaset Italia