Robben "Bavariya" qarorgohida mashg'ulot o'tkazdi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2020
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Aren Robben bugun Myunxen klubi qarorgohida mashg'ulot o'tkazdi.

U bir soat vaqt davomida "Bavariya" shifokori Xolger Broyx yordamida shug'ullandi. Qayd etilishicha, u futbolchilik faoliyatini qayta boshlamoqchi emas. Shunchaki jismoniy holatini ushlab turmoqchi.

Robben "Bavariya"dagi 10 yillik faoliyatidan keyin o'tgan yili faoliyatini yakunlagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild