Robben: "Bavariya" bilan shartnomamni uzaytirishim mumkin"

Aslanov Jasurbek
21 may 2015, 14:16
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben klub bilan 2017 yilda muddati tugaydigan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

"Bavariya" bilan kelishuvni uzaytirishim mumkin. Jarohat tufayli mavsumning ko'p qismini o'tkazib yubordi. To'rt yoki besh yildan keyin ham o'ynay olishimga ishonaman. Kamina optimist" - deydi 31 yoshli golland.

Robben bu mavsumda 30ta uchrashuvda ishtirok etdi va 9ta golli pas berib, 19ta golga mualliflik qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com