R.Karlos: “Saloh Serxioning yaqiniga ham yo'lamasa kerak”

Eldor Akmurzayev
20 mar 2021, 20:20
Braziliyalik sobiq himoyachisi Roberto Karlos YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Liverpul” – “Real” qarama-qarshiligi haqida gapirdi.

“Saloh Ramos bilan kontaktda bo'lishdan qochadi. U Serxioning yaqiniga yo'lamaydi. O'sha vaziyat hali ko'p muhokama qilinadi.

Oxirgi vaqtlarda “Real” kuchaydi, ular yaxshi formada. O'ylashimcha, “Real” o'z maydonida yutishi shart. Asosiysi esa Zidan ixtiyorida doimo o'yin taqdirini hal etoladigan futbolchilar bo'lgan. Bu “Liverpul”dan o'tish mumkin”, deydi Karlos.

Eslatib o'tamiz, “Alfredo di Stefano”dagi uchrashuv 6 aprel kuni, javob o'yini esa 14 aprelda “Enfild”da bo'lib o'tadi.

 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca