Rivaldo: "Jahon chempioni, bir necha yuz millionlik futbolchi so'nggi daqiqalarda o'yinga tushayotganini tushunmayapman"

Mirjalol Normatov
2 iyul 2020, 23:36
"Barselona" sobiq futbolchisi Rivaldo hujumchi Antuan Grizmanning klubdagi holat haqida gapirdi.

"Tushunmayman, nima sababdan bir necha yuz millionlik futbolchi, "Atletiko" va Fransiya termasi yetakchisi "Barselona" tarkibida so'nggi daqiqalarda maydonga tushmoqda.

Bu esa jamoada ishlar joyida emasligini ko'rsatadi. Agarda Grizmann shunday muhim o'yinlarda qatnashmayotganini inobatga olsak, yoki u yomon holatda, yoki transfer xato bo'lgan degan hulosaga kelamiz.

"Barselona"ning hozirgi holati ko'pchilikni tashvishga solmoqda. Bularning barchasi jamoaning chempion bo'la olmasligiga olib kelishi mumkin", - dedi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal