

"Ha, mavsumning katta qismi oldinda. Biroq hali ham oldingi "Barselona"ni ko'rmadim. Jamoaga unchalik qattiq ishonmayman. YCHL sovrini uchun kurashishga jamoaning ichki atmosferasining kuchi yetmaydi.
Ular "Real" va "Atletiko" bilan Ispaniya chempionligi uchun kurasha oladilar. Chunki tarkib futbolchilari mamlakat chempionligini yaxshi ko'radi. Biroq xalqaro maydonda "Barselona" o'zini ko'rsatishiga unchalik ishonmayapman", - dedi Rivaldo.



