Rivaldo: "Barselona" o'sishdan to'xtab qolgan"

Mirjalol Normatov
26 iyun 2020, 20:15
"Barselona" sobiq forvardi Rivaldo jamoaning restartdan keyingi o'yini haqida gapirdi.

"Rostdan ham, "Barselona" yanada yaxshiroq o'ynashi kerak. Seten yangicha narsalarni o'ylab topishga majbur. Uning vazifasi - qo'l ostidagi futbolchilardan yangi imkoniyatlarni izlash. So'nggi o'yinlarni ko'rib, "Barselona" o'sishdan to'xtab qolgan degan xulosaga keldim. Chunki men boshqacha "Barselona"ni ko'rishga o'rganganman", - dedi braziliyalik futbolchi.

Seten yanvar oyida Valverdedan keyin jamoa boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Ayni damda kataloniyaliklar Primero turnir jadvalida "Real"dan keyin 2-o'rinni egallab turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana