Rivaldo: "Agar "Real" "Barselona"ga yana mag'lub bo'lsa, Mourinyuni chaqirib olishadi"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 16:00
Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Rivaldoning takidlashicha, "Real" LaLiganing 26-turida "Barselona"ga mag'lub bo'lsa, ular Joze Mourinyuni jamoaga taklif qilishi mumkin.

"Bugun bo'ladigan "El-Klassiko" Solarining "Real"dagi faoliyatiga chek qo'yishi mumkin. Vaziyat Santyago uchun og'irlashib bormoqda. Agar u "Santyago Bernabeu"da yana mag'lub bo'lsa, bu sodir bo'ladi.

Uch kun ichida ashaddiy raqibiga ikki marta mag'lub bo'lish Solariga jiddiy zarar etakazadi. "Qirollik klubi" Mourinyuni qayqtarishi mumkin. U Madridda muvaffaqiyatga erishgan murabbiy hisoblanadi.

Portugaliyalik mutaxassisning "Santyago Bernabeu"ga qaytishi - real variant, ayniqsa ishlar yomonligida" - deydi Rivaldo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca