Risharlison: "APL to'purari bo'lishni xohlayman"

Tolibjon Qosimov
22 avg 2018, 19:46
"Everton" forvardi Risharlison mavsum uchun rejalari haqida gapirdi.

"O'zimni ancha yaxshi his qilayapman, Premer-liga uslubiga moslashib oldim va ritmni his qilayapman. Bu narsa menga maqsadga erishishga yordam bermoqda.

Men APL to'purari bo'lmoqchiman. Shuningdek, "Everton"ni YCHLga qaytarishni va Braziliya terma jamoasi tarkibiga ilinishni istayman.

Titening AQSH va Salvador bilan o'rtoqlik o'yinlari uchun tarkibiga kiritilmaganimdan jahlim chiqdi. Men qo'ng'iroq kutgan edim, lekin bu safar bo'lmadi. Shunga qaramay, terma jamoaga chaqirilish uchun ishlashda davom etaman", - dedi futbolchi.


Risharlison joriy mavsumning dastlabki 2 o'yinida 3ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com