Rio Ferdinand: "MYU" Mourinyoning "hamlalariga" tayyor"

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 21:12
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rio Ferdinand "Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning "qizil iblislar"ning kuchsizligi haqidagi gapiga javob berdi.
Oldinroq Mourinyo "MYU" o'tgan mavsumda boshqa raqiblarning kuchsizligi tufayli chempion bo'lganini aytgandi.

– Bu Mourinyoning yangi mavsumdagi birinchi "hamlasi" edi, – deydi Ferdinand ESPN ga. – Biz buni kutgandik. Har mavsum boshida "MYU"ni uchinchi to'rtinchi o'rinlarga qo'yadigan odam topiladi. Bizni ko'p yillardan buyon favorit hisoblashmaydi. Ko'p odamlar "Manchester Yunayted" yutqazishini kutishadi.

Angliya chempionlari 1-turda safarda "Suonsi" ustidan yirik 4:1 hisobida zafar quchishdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru