Rio-2016. Qaysi sportchimiz bugungi musobaqalarni boshlab beradi?

Aslanov Jasurbek
7 avg 2016, 13:19
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi – Yozgi olimpiya o'yinlarining kechagi kunida 12ta medallar jamlanmasi o'ynaldi va yakunda o'z egalariga taqdim etildi.

Bugungi musobaqalarda birinchi bo'lib qatnashadigan o'zbekistonlik sportchi Shahboz Xolmirzaev bo'ladi. U akademik eshkak eshish musobaqasining o'tish bosqichida ishtirok etadi. Sportchimiz keyingi bosqichga o'tish uchun 1 yoki 2-bo'lib finishga yetib borishi lozim. Start Toshkent vaqti bilan soat 16:30da beriladi.

Bugun musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan bu yerda tanishing: Taqvim. Sportchilarimizning bugungi ishtirokiga doir


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia