Rikardo Kuarejma yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
29 avg 2019, 18:38
Taniqli portugaliyalik futbolchi Rikardo Kuarejma "Qosimposho" klubi bilan shartnoma imzoladi.

Transfer tafsilotlari haqida ma'lumot berilmayapti. Rikardo oldinroq "Beshiktosh" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.

35 yoshli faoliyatini "Sporting"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Futbolchi bundan tashqari "Barselona", "Portu", "Inter", "Chelsi", "Beshiktosh" va Dubayning "Al Ahli" klublarida o'ynagan.

Kuarejma 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/kasimpasa