Rifat Akramxo'jaev - "Lokomotiv" menejeri

Mirjalol Normatov
9 yanv 2023
"Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga ko'ra, Rifat Akramxo'jaev klub menejeri etib tayinlandi. Ma'lumot uchun, Rifat Akramxo'jaev shu paytgacha "Lokomotiv" bolalar va o'smirlar futbol maktabi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

"Endilikda "Lokomotiv"ning ham asosiy jamoasi, ham U-19 shuningdek, futzal va ayollar jamoalari va futbol maktabi natijalariga Rifat Saydi-Anvarovich mas'ul sanaladi hamda menejer vazifasini bajaradi. 

Ma'lumot uchun, Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo'lib, dastlab U-21 jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o'rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi. 

2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2021-yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo'l olgan Rifat Akramxo'jaev 1 iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab selecioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoamiz bosh murabbiyi bo'lib ishladi", - deb yoziladi klub bayonotida.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати