Riccoli: "Kramer mendan bu finalmi deb so'radi"

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2014, 16:26
JCH-2014 finalida ishlagan italiyalik hakam Nikola Riccoli germaniyalik Kristof Kramer bilan bo'lgan suhbatni aytib berdi.
Futbolchi o'yinning birinchi bo'limida argentinalik Esekiel Garay bilan to'qnashib ketdi va miya chayqalishi tufayli almashtirildi.

– Kramer zarba qabul qilib olganidan so'ng menga murojaat qildi. Menga qarab: "Ref, bu finalmi?", - dedi. Men ha deb javob berdim.

Bu g'aroyib edi, u menga rahmat aytib o'yinni davom ettirdi. Darhol Bastian Shvayshtaygerga Kramerni tezroq almashtirishlarini aytdim, – deydi italiyalik hakam "La Gazzetta dello Sport" nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net