Ribkin “Metallurg” bilan shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018
“Paxtakor”, “Qo'qon 1912” jamoalaridagi ishtiroki orqali futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Nikita Ribkin “Metallurg” jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Ayni paytda birinchi raqamli darvozabon roliga Ribkindan tashqari Zafar Safaev, Timur To'ychiev hamda Akobir Qayumovlar davogarlik qilishyapti.

O'tgan hafta davomida bekobodliklar qarorgohini tark etgan futbolchilar ham bo'ldi. Jumladan, yarim himoyachi Dilmurod Karimov Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida mashg'ulotlarda qatnashayotgan bo'lsa, Ayubxon No'monov “Navbahor” jamoasida to'p surishni ixtiyor etdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Металлург” матбуот хизмати