Riberi Xitoy va Qatardan bo'lgan takliflarni rad etdi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2017, 11:48
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Xitoy va Qatar klublarining moliyaviy jihatdan juda yaxshi bo'lgan takliflarini rad etdi.

"Xitoy va Qatardan takliflar oldim, biroq hozircha yaxshi holatdaman, ular meni qiziqtirmaydi. To'g'ri, pul muhim, chunki ular qulay hayotda katta rol o'ynaydi. Biroq ular hech qachon birinchi o'rinda bo'lmagan va pul tufayli boshqa klubga o'tmayman" - deydi Riberi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1