Riberi va Tiago umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etishdi

15 okt 2014, 00:37
"Bavariya"ning jarohatlangan futbolchilari umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishdi.

Frank Riberi hamda Tiago Alkantara bugun jamoa a'zolari bilan umumiy guruh mashg'ulotlarida shug'ullanishdi.

Frank Riberi so'nggi bor sentyabr oyida o'rtasida jarohatidan endi qutulib maydonga qaytgandi va o'zining mavsumdagi ilk bahsida yana jarohatini yangilab olgandi. Tiago Alkantara esa hali yangi mavsumda  maydonga tushishga ulgurganicha yo'q.


Manba: sports.ru