Riberi tizzasidan jarohat olib, stadionni qo'ltiqtayoqda tark etdi

1 okt 2017, 23:42
“Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberi “Gerta” (2:2)ga qarshi bahsda tizzasidan jarohat oldi.

Fransiyalik futbolchi raqib futbolchisi bilan to'qnashuvlarsiz jarohat orttirib oldi. Natijada u o'yin vaqtida zaxiraga olindi va uchrashuvdan keyin u stadionni qo'ltiqtayoqda tark etgan. Futbolchi tizzasida og'riq sezgan.

“Frank oyog'idagi kuchli og'riq bois alishtirildi. Og'riq uni jiddiy bezovta qilmoqda. Bu yaxshi emas”, deya holatga izoh bergan “Bavariya” sport direktori Hasan Salixamidjich.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Deutschland